“Savollar.islom.uz” sayti mushtariylarning birining ro‘za tutish imtihonda miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi degan savoliga javob berdi.
“Assalomu alaykum. Men 19 yoshdaman. Bu yil universitetga o‘qishga kirmoqchiman. 3 kundan beri Allohga shukur ro‘za tutyapman. Lekin ko‘pchilik bu miya faoliyatiga, imtihonlarga tayyorlanishda yomon ta’sir qiladi deb aytdi. Shu rostmi? Iltimos maslahat bering”, — deyiladi mushtariy savolida.
Sayt ma’muriyat esa savolga quyidagicha javob berdi: “Ramazon oyida ro‘za tutishni Alloh taolo O‘zining kalomida oyat bilan farz qilgan. Tutishingiz farz. O‘shalar na dunyoviy va na diniy bilimlardan xabari yo‘q odamlar ekan. Hozir zamonaviy tibbiyot ham ro‘za tutgan odamni nafaqat miya faoliyati balki boshqa a’zolari ham tutmagan odamnikidan ko‘ra yaxshi ishlashini isbotlamoqda. Vallohu a’lam”.
Izoh (0)