Fidyani o‘g‘il bersa bo‘ladimi? Bu savolga “Savollar.islom.uz” javob berdi.
“Assalomu alaykum. Onam nafaqada o‘zlari qandli diabed kasalligiga chalingan. Ro‘za tuta olmayaptilar, men o‘g‘il sifatida onamning nomidan fidya bersam bo‘ladimi?”.“Va alaykum assalom. Bo‘ladi. Siz ularga aytib qo‘ying. Vallohu a’lam!”, — deya javob berdi nashr.
Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi 2017-yil (hijriy 1438-yil) uchun zakot, fitr sadaqa va fidya nisoblarini e’lon qilgandi. Fidya miqdori uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 so‘m deb belgilangan.
Izoh (0)