Jahon banki O‘zbekiston uchun prognozini yaxshilanish tomonga qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Bankning “Dunyo iqtisodiyoti istiqbollari” hisoboti iyun oyi sonida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2017-yilda 7,6 foizga o‘sishi qayd etilgan. Bu bankning yanvar oyidagi prognozidan 0,2 foizga ko‘p.
Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018-yilda 7,7, 2019-yilda esa 7,8 foizga o‘sadi. Bu ko‘rsatkichlar ham yanvar oyi prognozidan tegishli ravishda 0,3 va 0,4 foizga ko‘p.
Ma’lumot uchun, 2016-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 7,8 foizni tashkil etdi va dastlabki taxminlardan 0,5 foizga ko‘p bo‘ldi.
Izoh (0)