Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga Habibulla Oqilov rektor etib tayinlandi. 2-iyun kuni u institut hisob kengashida tanishtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov muqaddam Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
Institutga shu vaqtgacha rahbarlik qilib kelgan Jo‘ra Sobirov nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimini tark etdi.
Izoh (0)