Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatni tark etish uchun Qatar fuqarolariga 14 kun muhlat beradi. Bu haqda rasmiy Abu-Dabi bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.
“Qatar fuqarolariga BAAga kirish, shuningdek, u orqali tranzit ham man etiladi. Amirliklarda istiqomat qiluvchi va tashrif buyuruvchi Qatar fuqarolariga xavfsizlik bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra mamlakatni tark etish uchun 14 kun muhlat beriladi”, — deyiladi bayonotda.
Oldinroq BAA rasmiylari Qatar diplomatlariga mamlakatdan chiqib ketish uchun 48 soat vaqt bergandi.
Izoh (0)