Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum doirasida hazilomuz tarzda Moskvadagi yomon ob-havo uchun aybni AQSh prezidenti Donald Trampga to‘nkashni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Darvoqe, bugun Moskvada hatto qor yog‘ibdi, bu yerda esa yomg‘ir, buning uchun prezident Trampdan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Endi bunda uni va AQSh imperializmini ayblashimiz kerak. Ammo biz bunday qilmaymiz”, — dedi Putin forumning plenar yig‘ilishida.
Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat iqlim bo‘yicha Parij shartnomasidan chiqishini bildirgan edi. Putin hazil tarzida amerikalik hamkasbining shu qaroriga ishora qildi.
Izoh (0)