1-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. To‘liq va rasmiy ro‘yxat: GM Uzbekistan avtomobillarining yangi narxlari. So‘mda sotiladigan, lekin dollarga “bog‘langan” mashinalar.
2. GM Uzbekistan avtomobillarining so‘mda sotilishi “qora bozor”da dollar kursi o‘sishini to‘xtatib qola oladimi? “Ma’lum muddatga”, — deydi iqtisodiy tahlilchi.
3. Toshkentda besh yilda 128 ming kishi doimiy propiskaga ega bo‘ldi. 2016-yil avgustidan beri 217 ming kishi vaqtinchalik propiskaga olingan.
4. Toshkent shahrida kun davomida qurigan o‘t va shox-shabba yonishi bilan bog‘liq 11 ta yong‘in bartaraf qilindi. “Barcha holatlarda alanganing fuqarolar yashash joylariga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi”.
5. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailand va Eronga qarshi tayyorgarlik boshladi. Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Gretsiyada o‘ynovchi yigitlari bor Eronning esa O‘zbekistonga qarshi tarkibi aniq.
Izoh (0)