Osiyo Taraqqiyot banki qishloq joylarda uy-joy qurilishi uchun O‘zbekistonga 500 million dollar miqdorida kredit ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ushbu mablag‘lar O‘zbekistonning to‘qqiz hududida 29 mingta yangi va arzon uy-joy qurilishi uchun yo‘naltiriladi.
OTB 2011-yil avgustida O‘zbekistonda qishloq joylarda uy-joy qurilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qiymati 500 million dollarlik kredit taqdim etgan edi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan 2011—2015-yillarda qishloq hududlarda 41,5 mingta uy-joy qurildi.
Izoh (0)