AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida yana OAVni tanqid ostiga oldi. Ikki kun muqaddam The Washington Post’da uning kuyovi Jared Kushner haqida maqola chiqqan edi, deb eslatadi “Gazeta.ru”.
“Fikrimcha, Oq Uydan chiqayotgani iddao qilingan norasmiy axborotning ko‘pchiligi uy dirma bo‘lib, soxta OAV tomonidan o‘ylab topilgandir. Siz soxta OAVda ‘manbalarning aytishicha’ so‘zlarini ko‘rsangiz, ismlar esa tilga olinmagan bo‘lsa, demak, manbalar mavjud emas va ular soxta xabarlar yaratuvchilari tomonidan o‘ylab topilgandir. Soxta yangiliklar — dushmanimiz!”, — deb yozdi Tramp bir necha “tvit” ichida.
Gazetada chop etilgan maqolada aytilishicha, Kushner Rossiya elchisi Sergey Kislyakovga Moskva bilan muloqot qilish uchun himoyalangan kanal yaratishni taklif qilgan.
Izoh (0)