Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan Pekin Pxenyanga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish uchun Vashingtondan 100 kunlik muddat so‘raganligi haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda 24-may, chorshanba kuni Sputnik International xabar bermoqda.

Foto: Sputnik International

Foto: Sputnik International

“Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deya ta’kidladi diplomat.

22-may, dushanba kuni Yaponiyaning “Asaxi” gazetasi Amerika yetakchisi Donald Tramp va XXR raisi Si Szinpinning aprel oyidagi uchrashuvida gap yuz kunlik muddat haqida borganligini ma’lum qilgan edi.

Vashington Pxenyanga nisbatan yanada keskinroq sanksiyalar joriy etishni talab qilmoqda. KXDR tashqi savdo aylanmasining 90 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. AQSh Shimoliy Koreyaga aloqador Xitoy korxonalari bilan hamkorlikni tugatish bilan tahdid qilgan. Bunga javoban Pekin go‘yoki KXDR hukumatiga ta’sir ko‘rsatish uchun yuz kunlik muddat so‘ragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi