AQShlik shifokorlar yurak-qon tomir xastaliklari va qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilarning muntazam to‘yib uxlamasligi insultdan vafot etish ehtimolini sezilarli darajada oshirishini ma’lum qildi. Tegishli tadqiqot Journal of the American Heart Association jurnalida chop etildi. U haqda qisqacha Amerika yurak assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Mutaxassislar yurak-qon tomirlari va qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilarga sutkasiga olti soatdan kam uxlamaslikni tavsiya qiladi. Aks holda insult oqibatida vafot etish ehtimoli ikki marta oshadi.
Tadqiqot mualliflari tasodifan tanlangan 1 344 nafar katta yoshli odamlarni (o‘rtacha yoshi 49, 42 foizi erkaklar) 16,6 yil davomida kuzatish natijasida yuqoridagi xulosaga keldi. Uyqu uchun sutkasiga olti soatdan ko‘p vaqt sarflamaydigan bemorlar sog‘lom kishilarga qaraganda 1,5 marta ko‘proq insultdan vafot etishi mumkinligi aniqlandi.
Tadqiqot mualliflari amerikaliklar uyqudan ko‘ra hordiq chiqarish, ko‘ngil ochar mashg‘ulotlar va ishga ko‘proq e’tibor qaratishini ta’kidlaydi. Ekspertlarning fikricha, bu yurak-qon tomir tizimi xastaliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)