Nyu-York fuqarosi eski qog‘ozlar uyumi orasidan 24 million dollarlik yutuqqa ega lotereya chiptasini topib oldi. Yutuqni olish uchun chiptani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat tugashiga uch kun qolgan edi, deb yozadi Forum Daily.
Chipta 2016-yilda sotilgan va uni taqdim etish kerak bo‘lgan muddatgacha 2 hafta qolganida, New York Lottery g‘olibni faol tarzda qidirishni boshladi. U esa chipta amal qildigan muddat tugashiga uch kun qolganida tasodifan topilib qoldi.
Agar g‘olib topilmaganida yutuq keyingi o‘yinlar mukofotiga qo‘shilgan bo‘lardi.
Izoh (0)