23-may kuni Somali qaroqchilari Eron baliqchi kemasini qo‘lga oldi. “RIA Novosti”ning Reuters’ga asoslanib bildirishicha, ular mazkur kemani boshqa kemalar uchun hujumlarni ishlatishni rejalashtirmoqda.
Puntlend muxtor tumanidagi Xaabo shahri merining bildirishicha, qaroqchilar ushbu kemani o‘ziga xos suzuvchi baza sifatida ishlatishni rejalashtirmoqda. Agar ularning rejalari amalga oshsa, ular shu kemadan turib boshqa kemalarga hujumlar uyushtiradi.
1991-yili Siad Barre diktaturasining qulashi bilan Somali respublikasi amalda tugadi. Jahon hamjamiyati tan oladigan federal hukumat faqat poytaxt Mogadishoni nazorat qiladi. Mamlakatning qolgan qismi esa tan olinmagan hokimiyatlar nazorati ostida. Ayrim hududlarda mahalliy avlodlar, diniy firqalar hukmronlik qiladi. Suvda esa qaroqchilar boshqa davlatlar kemalariga hujumlar uyushtiradi.
Bir kun muqaddam, 22-mayda Nigeriya sohillarida afrikalik qaroqchilar hujumi oqibatida Rossiya fuqarosi olib qochib ketilgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)