Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining nimchorak finalidan joy olgan “Lokomotiv” — “Qizilqum” o‘yini mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamid Aktamov jurnalistlar bilan matbuot anjumaniga 45 daqiqa kechikib keldi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Mutaxassis bunga sabab sifatida yechinish xonasida futbolchilari bilan suhbati cho‘zilib ketganini ko‘rsatgan.
Ushlanib qolib, jurnalistlarni kuttirib qo‘yganim uchun uzr. Futbolchilar bilan kiyinish xonasida juda ko‘p gaplashib qoldik.Nashrning qayd etishicha, Hamid Aktamov matbuot anjumanida anchagina keskin va ochiq ruhdagi fikrlari bilan ishtirok etgan. Keyinroq savol-javoblarning to‘liq qismi taqdim etiladi.Bugungi o‘yinda jamoa umuman o‘ynay olmadi. Oddiy xatolarimiz tufayli gollar o‘tkazib yubordik. Chunki jamoamiz o‘yinga ruhan tayyor emasdi. Uchrashuv oldidan “Championat.asia” saytidagi “Eshitdik-da” ruknida Igor Shkvirinning “Qizilqum”ga kelishi mumkinligi borasida xabar chiqdi va u futbolchilarga salbiy ta’sir qildi. Shkvirinning jamoamizga kelayotgani haqiqatdan yiroq.
Hamid Aktamov, “Qizilqum” bosh murabbiyi
Ma’lumot uchun, 16 ta klub chempionlik uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston Oliy ligasida “Qizilqum” klubi 11-turdan keyin 13-o‘rinni egallab turibdi. Joriy mavsum Hamid Aktamov shogirdlari Toshkentda Sergey Lushchan boshchilik qilgan “Bunyodkor”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)