Pxenyan Vashington va uning ittifoqchilarining KXDR va Rossiyaning ikki mamlakat o‘rtasida yuk-yo‘lovchi kema qatnovini ochish haqidagi qaroriga salbiy munosabatini tanqid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
TIV vakilining 24-may, chorshanba kuni chop etilgan bayonotida ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hatto ikki suveren davlat o‘rtasidagi turistik almashuv va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida muntazam dengiz marshrutining ochilishidan ham ayb topishga urinmoqda.
“AQShning ana shunday o‘zboshimcha tajribasi o‘z oldiga KXDR va Rossiya iqtisodiy hamkorligiga to‘sqinlik qilish va ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazish maqsadini qo‘ygan”, — deya ta’kidladi diplomat.
U KXDR va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘ida bundan keyin ham rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)