Xitoy internet-giganti Alibaba’ning logistik sho‘ba korxonasi Cainiao Network Technologies logistika tarmog‘ini rivojlantirish uchun 50 milliard yuan (7,26 milliard dollarga yaqin) investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Chjungo jibao” gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Mablag‘lar Alibaba’ning moliyaviy bo‘linmasi MYBank orqali olinib, kompaniya bilan ishlovchi logistic va kuryerlik kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.
Bundan tashqari, Cainiao Network Technologies Xitoyning SAIC Motor va Dongfeng Motor Group avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda yangi elektr manbalari asosida bir million avtomobil ishlab chiqarish va ularni kuryerlik kompaniyalariga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, transport vositalari real vaqt rejimida o‘zi va undagi yuk haqida tahliliy markazga ma’lumot uzatuvchi maxsus qurilma bilan jihozlanadi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, yangi internet-texnologiya va kompyuter algoritmlari avtomobillar marshrutlari samaradorligini oshirish va ular bosib o‘tadigan o‘rtacha masofani deyarli uchdan birga qisqartirish imkonini beradi.
Izoh (0)