NATOga a’zo davlatlar Bryusselda 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“NATO hozirgidan faol rol o‘ynashi mumkin. Sammitda IShIDga qarshi koalitsiyaga alyans tariqasida qo‘shilish masalasini muhokama qilamiz. Shu orqali koalitsiyaga, birinchi galda Yevroittifoqdagi sheriklarimizga siyosiy, tashkiliy jihatdan ko‘mak berishimiz mumkin”, — deya ta’kidladi bosh kotib.
Shu bilan birga, vaziyatga harbiy aralashuv masalasi sammit kun tartibiga qo‘yilmagan.
“NATO na Suriya, na Iroqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etadi. Buni bizdan hech kim so‘ramagan ham”, — dedi Stoltenberg.
Izoh (0)