MDH davlatlari harbiy-koinot mudofaasi birlashgan tizimi tuzilishi koinotdan hujum vositalarini yo‘q qilish tuzilmalari yaratilishini ham ko‘zda tutadi. Bu haqda Rossiya havo-koinot kuchlari bosh qo‘mondoni, general-polkovnik Viktor Bondarev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Razvedka va havo-koinot hujumidan ogohlantirish, bunday hujum vositalarini yo‘q qilish, MDH davlatlari harbiy-koinot mudofaasi tizimini boshqarish va texnik ta’minlash tuzilmalarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan”, — deya ta’kidladi Viktor Bondarev.
General-polkovnik so‘zlariga ko‘ra, birlashgan tizimning tuzilishi mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari tarkibiga havo-koinot mudofaasi vazifalarini yechishga qodir kuch va vositalar intergatsiya qilinishini nazarda tutadi.
Izoh (0)