Turkmanboshidagi “Avaza” kongress-markazida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha Toshkent va Ashxobod shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hujjatlar Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov hamda Ashxobod hokimi Shamuhammet Durdiliyev tomonidan imzolandi.
Kelishuv ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida savdo-sotiq, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, sport, sayyohlik va boshqa aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentdagi turkman shoiriga yodgorlik o‘rnatilgan Maxtumquli ko‘chasida Ashxobod bog‘i ochilishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)