Gonduras Venesueladan o‘zining muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Fernando Lovoni mamlakatdagi norozilik namoyishlari sabab chaqirib oldi. Bu haqda Gonduras Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Vazirlik vakildan Venesueladagi vaziyat bo‘yicha axborot olish zarur ekanligi ma’lum qildi.
Shuningdek, diplomatni maslahatlashuv uchun chaqirib olish bu kabi favqulodda vaziyatlarda odatiy amaliyot hisoblanishini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)