Ford kompaniyasi 20 mingga yaqin odamni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Reuters’ning ma’lum qilishicha, konsern bu bilan xarajatlarini yiliga uch milliard dollarga kamaytirishni mo‘ljallagan, deb xabar berdi “Motor”.
Shtatlarni qisqartirish asosan Shimoliy Amerika va Osiyo hududlariga tegishli, jarayon ixtiyoriy bo‘lib, aksariyat xodimlarga nafaqaga chiqish uchun foydali taklif bildiriladi. Shu bilan birga boshqa ishchilarning maoshi va ishlab chiqarish hajmi oldingi darajasida qoladi.
Mutaxassislar fikricha, bunday qarorga kelishga sabab AQShda kompaniyaning yangi avtomobillariga bo‘lgan talabning kamligi, shuningdek, eski mashinalarining narxlari pastligi va yangi texnologiyalar ishlab chiqarishdagi katta sarf-xarajatlar.
Ayni vaqtda kompaniya omborlarida turli hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘rt millionga yaqin yangi Ford mashinalari yig‘ilib qolgan. Yana bir omil sifatida amaldagi bosh direktor Mark Fildsning vakolati uzaytirilgani sabab kompaniya aksiyalari qiymatining pasayishi ko‘rilmoqda.
Ishchilarni qisqartirish jarayonini 2017-yilning kuzida yakunlash rejalashtirilmoqda. Hozirda Ford kompaniyasida 200 ming odam ishlaydi.
Izoh (0)