Singapurda noodatiy avtomobil dilerlik markazi ochildi, u vending avtomati (savdo avtomati) tamoyili bo‘yicha qurilgan, deb yozadi “Motor”. 15 qavatli inshoot 60 tagacha mashinani o‘z ichiga sig‘dira oladi.
Noodatiy shou-rum Autobahn Motors firmasiga tegishli. Ishlab chiquvchilar aniqlik kiritishicha, ular shu tariqa shaharning gavjum ko‘chalarida joydan to‘g‘ri foydalanmoqchi, shuningdek, ijodkorliklarini namoyon etmoqchi bo‘lgan.
“Vending” garaji asosan sport va superkarlar, shuningdek, serhasham modellar va turli klassik avtomobillar bilan to‘ldirilgan. Mashinalardan birortasini olish uchun uni turargoh yonidagi maxsus sensorli ekrandan tanlash kerak. Tizim mashinani taxminan ikki daqiqa ichida pastga tushirib beradi.
Shunga o‘xshash “avtomat” AQShning Texas shtatida ham 2016-yilda qurilgan edi. Ammo u sakkiz qavatli bo‘lib, 30 ta mashinani sig‘dira olgan.
Izoh (0)