Motor 1 nashri yangilangan Peugeot 308 GTi xot-xetchi suratini e’lon qildi, u go‘yoki markazning Ispaniyadagi vakolatxonasi tomonidan tasodifan Twitter’ga joylangan. Ko‘p o‘tmay, ushbu rasm olib tashlandi, deb yozadi “Motor”.
Yakka-yu yagona rasmga qaraganda, 308 GTi hozirgi versiyadan radiator panjarasining biroz o‘zgarganligi va to‘sgich (obves)dagi ba’zi o‘zgarishlar (boshqacha shakldagi havo tortgich va yangi panjaralar) bilan farqlanadi.
Yangilangan xot-xetchning texnik xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. 2015-yilda taqdim etilgan 308 GTi 1,6 litrli 250—270 ot kuchiga teng to‘rttalik turbo motor va olti pog‘onali mexanik uzatish qutisi bilan jihozlangan edi.
Izoh (0)