Xakerlar The Walt Disney Company’ning hali namoyish etilmagan filmini qo‘lga kiritganligini ta’kidlab, kompaniya uni qaytarish uchun haq to‘lamasa, uni internetga joylash bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda kompaniya direktori Bob Aygerga tayanib, The Hollywood Reporter jurnali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, jinoyatchilar kompaniyadan bitkoinlarda katta summani o‘tkazishni talab qilgan va kompaniya bosh tortgan taqdirda dastlab besh daqiqalik parchani, keyinroq esa 20 daqiqalik qismini namoyish etishini ma’lum qilgan. Film nomi oshkor etilmagan.
Kompaniya xakerlar izmidan yurmasdan, hozirgi paytda tergov organlari bilan hamkorlik qilayotganligi ma’lum qilinmoqda.
The Walt Disney Company hozircha ushbu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Izoh (0)