Italiya bosh vaziri Paolo Jentiloni 14-may kuni G7 sammiti doirasida KXDR muammosini muhokama qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Bu global barqarorlik va xavfsizlik uchun jiddiy muammo. Ishonchim komilki, bo‘lajak G7 mazkur masalaning yechimiga xizmat qiladi”, — dedi bosh vazir.
Italiya bosh vaziri, shuningdek, Pxenyanning harakatlariga “qattiq” javob berish muhimligini ta’kidlab, ushbu masalaga diplomatik yechim topishga chaqirdi.
Ma’lumot o‘rnida, G7 sammiti Sitsiliyaning Taormin shahrida 26—27-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)