Afg‘onistonning to‘qqiz viloyatida sutka davomida kamida 73 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari operatsiyalari Hilmand, Qandahor, Qunduz, Badaxshon, Uruzgon, Bodg‘is, Bog‘lon, Balx va Samangon viloyatlarida o‘tkazildi. Ular davomida kamida kamida 73 nafar jangari o‘ldirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlikka ko‘ra, yo‘q qilingan jangarilar orasida “Tolibon”ning Balx viloyatidagi dala qo‘mondoni Mullo Omonullo ham bor.
Izoh (0)