“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi muloqot uchun yangi yo‘nalishlar ochadi. Bu haqda Pekindagi xalqaro forumning ochilish marosimida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Tashabbus mahsulotlar harakatlanishi uchun ham, mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot uchun ham yangi kanallar ochadi. Bugungi kunda Xitoyning dunyodagi jarayonlarga qo‘shilayogani muhim. Dunyo deyarli bir qutbli bo‘lib qoldi, biroq bu barqarorlik va tinchlikni ta’minlamaydi. Ko‘p qutbli dunyo har tomonlama hamkorlikni talab etadi”, — ta’kidladi Guterrish.
BMT bosh kotibi xalqaro tashkilot “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi yo‘nalishlarini qo‘llab-quvatlash va Xitoyga mazkur loyiha doirasidagi majburiyatlarini bajarishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)