Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin Pekinda Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama etdi va KXDR raketa sinovlaridan xavotir bildirdi. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Tabiiyki, Koreya yarim orolidagi vaziyat batafsil muhokama etildi. Mazkur vaziyat qanday rivojlanayotganidan umumiy xavotir bildirildi”, — ta’kidladi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Shimoliy Koreya Kuson shahri yaqinida ballistik raketa uchirganini tasdiqlagandi.
Izoh (0)