Boku mezbonlik qiladigan “Islom birdamlik o‘yinlari”da to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etadi, deb ma’lumot berdi MOQ matbuot xizmati.
Musobaqalar 10 ta vazn toifasida o‘tadi, biroq +91 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi turnirda ishtirok etmaydi.
O‘zbekiston boks termasini Bokuga murabbiylar O‘tkir Haydarov va Rustam Saidov olib ketgan. Mamlakatning eng oldi bokschilari yaqindagina Osiyo chempionatida ishtirok etgani va 13-may kuni bo‘lib o‘tadigan WSB’ning chorak finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab, Ozarbayjonga uchinchi tarkib yo‘l olgan.
Shunga qaramay, tarkibda WSB musobaqasida ringga chiqqan bokschilar ham borligini ko‘rish mumkin. Abror Qodirov va Abdulhay Shorahmatov bunga misol bo‘la oladi.
Bokuga ketgan bokschilar
49 kg: Mironshoh Ibragimov52 kg: Abror Qodirov56 kg: Abdulhay Shorahmatov60 kg: Ulug‘bek Do‘stmurodov64 kg: Alyor Noraliyev69 kg: Bobo Usmon Baturov75 kg: Mahmud G‘oipov81 kg: Madiyor Saidrahimov91 kg: Sardor Begaliyev+91 kg: —Ma’lumot uchun, “Islom birdamlik o‘yinlari”ning boks musobaqasi 12-may kuni start oladi.
Izoh (0)