Yaponiya Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarni tiklash vaqti kelmadi, deb hisoblaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Olti tomonlama muzokaralar — ahamiyatli format, biroq muloqot uchun Shimoliy Koreyani yadroviy quroldan xoli qilish bo‘yicha aniq harakatlar zarur. Biz bunday muzokaralarni tiklashning mavridi kelmadi, deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi Kisida.
Ma’lumot uchun, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va AQSh ishtirokidagi olti tomonlama muzokaralar 2008-yilda Pxenyan tashabbusi bilan to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)