Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi muhokamasiga Ostonada imzolangan Suriyada xavfsizlik zonalari tashkil etilishi haqidagi memorandumni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya loyihasini kiritdi. Bu haqda, Rossiyaning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakilligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Rezolyutsiya loyihasi kiritilganini tasdiqlaymiz”, — deya ta’kidladi doimiy vakillik matbuot kotibi Fyodor Strjijovskiy.
Diplomatlarga ko‘ra, Xavfsizlik kengashida mazkur hujjat bo‘yicha ovoz berish 8 yoki 9-may kuni o‘tkazilishi mumkin.
Izoh (0)