Hindistonni o‘zgartirish milliy instituti to‘liq elektromobilga o‘tish bo‘yicha reja tayyorlamoqda, deb xabar beradi Reuters.
Bosh vazir Narendra Modi rahbarligidagi institut tayyorlagan qoralama hujjatda 15 yillik reja qayd etilgan. Unga ko‘ra, bu boradagi ishlar shu yilning o‘zidayoq boshlanishi lozim.
Reja 2032-yilga qadar oddiy avtomobillardan butunlay voz kechishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, rejada elektromobillarni sotib olishda hamda taksilar uchun elektr energiyasiga haq to‘lashda soliqlarni va ssuda foizlarni kamaytirish, uglevodorodli yoqilg‘ida harakatlanuvchi mashinalarni sotishni cheklash va bunday avtomobillarni sotishdan keluvchi soliqni zaryadlash stansiyalari tarmoqlarini qurishga yo‘naltirish taklif qilinmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2018-yilda Hindistonda akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat fabrikasi ishga tushishi hamda batareyani almashtirish joylari ochilishi lozim.
Hujjat mualliflari 2025-yilga borib, elektromobillar va an’anaviy avtomobillarning narxi tenglashishini kutmoqda. Bunday natijaga hukumat tomonidan olib borilishi kutilayotgan choralar, shu jumladan, subsidiyalar olib keladi.
Izoh (0)