Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chexiyalik avtopoygachi Tomash Kasperjik ralli bo‘yicha Kanar orollarida davom etayotgan chempionat vaqtida qoyadan qulashiga bir bahya qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @FIAERC

Foto: Twitter / @FIAERC

Mashable nashri tomonidan e’lon qilingan videolavhada Ford Fiesta avtomobili tog‘ yo‘li bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotgani, xavfli burilish joyida esa yo‘l yoqasidagi to‘siqqa borib urilayotganini ko‘rish mumkin.

Aynan shu to‘siq avtomobilni qulashdan asrab qolgan.

Hodisa oqibatida haydovchi va shturman jiddiy shikastlanmagan. Kasperjikning o‘zi Facebook’dagi sahifasida chempionatning birinchi bosqichidayoq avariyaga uchraganini “afsus bilan” qayd etib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ