• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev yerosti suvlaridan foydalanishni nazoratga olish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni “2017—2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qarorning rasmiy sharhida qayd etiliishcha, bugungi kunda O‘zbekistondagi 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2902 ta qishloq aholi punkti aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda.

    Ayni vaqtda, keyingi o‘n yilliklarda sanoat va qishloq xo‘jaligining jadal sur’atda rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida suv zaxiralari hajmining sezilarli darajada qisqarishi hamda suv olish inshootlarining ruxsatsiz qurilishiga, suvni nazoratsiz olish oqibatida esa ayrim manbalarda suv zaxiralarining keskin kamayishi va tugashiga olib keldi.

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida yer yuzasidagi suvlarni chiqarib tashlash va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, yer osti suvlari sathining intensiv ko‘tarilishi, shuningdek, rejali tarzda gidrogeologik monitoring olib borilmagani oqibatida ayrim shaharlar va aholi punktlarida yer osti suvlari sathining yer yuzasiga yaqinlashishi kuzatilmoqda.

    Shu bilan birga, yer osti suvlari monitoringining amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, yer osti suvlari zaxiralarining kamayishiga va ba’zi aholi punktlarida yer osti suvlari sathining ko‘tarilishiga olib keluvchi salbiy omillarni o‘z vaqtida va to‘laqonli baholash imkonini bermayapti.

    Bu haqda so‘z borganda, ichimlik suvi taqchil bo‘lgan ayrim hududlarda suvni chuchuklashtirish bo‘yicha zamonaviy qurilmalar yetarli darajada joriy etilmaganini, suvni chuchuklashtirish uchun kerak bo‘ladigan uskuna va qurilmalarni ishlab chiqarish borasida mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotganini ham ta’kidlashga to‘g‘ri keladi.

    Muhim jihati shundaki, shu yilning fevral—mart oylarida 10 mingdan ortiq suv qudug‘i bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari aytib o‘tilgan salbiy omillarning yer osti suvlari holatiga ta’siri davom etayotganidan dalolat beradi. Xatlov natijalari:

    • 60 foizdan ortiq quduqlardan yer osti suvlari nazoratsiz olinayotgani hamda ularning ifloslanishi va zaxiralarining kamayishi davom etayotganini;
    • 59 foiz yer osti suvlari tasdiqlanmagan zaxiralardan olinayotganini;
    • yaqin o‘n yillar mobaynida chuchuk yer osti suvlari mavjud resurslarining yarmidan ko‘pini tiklab bo‘lmas tarzda yo‘qotishning real xavfi mavjudligini yaqqol ko‘rsatdi.
    O‘zbekiston Prezidentining yangi qarori yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni zudlik bilan hal etish zaruratidan kelib chiqqan holda qabul qilindi. U ayni paytda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish va shu asosda O‘zbekiston aholisini suv bilan ta’minlash sifatini yaxshilashga hamda ayrim shaharlar va tumanlar markazlarida yer osti suvlari sathlari ko‘tarilishining oldini olishga yo‘naltirilgan.

    Ushbu qaror bilan 2017-yilning 1-iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

    • belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan, biroq texnik talablarga rioya etilgan holda qazilgan quduqlardan foydalanish tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan kelgusida belgilangan tartibda foydalanish uchun rasmiylashtirilishi lozim;
    • belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan va texnik talablarga rioya etilmasdan qazilgan quduqlar tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini muqobil suv manbalariga ulashni hisobga olgan holda belgilangan tartibda tugatiladi;
    • yuridik va jismoniy shaxslarga suv olish uchun quduq qazishga belgilangan tartibda gidrogeologik xulosa berish faqat O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining gidrogeologiya korxonalari tomonidan amalga oshiriladi;
    • suv olish uchun quduq qazishga ruxsatnomalar O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
    Ushbu hujjatda yer osti suvlarini hisobga olish va ulardan foydalanish yuzasidan nazorat va hisob-kitobning ta’minlanishi uchun vakolatli davlat organlarining hamda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan oqilona foydalanish, olinayotgan suv hajmini to‘laqonli tarzda hisobga olish, shuningdek, ularning ifloslanishi va kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vazifalari belgilangan.

    Mazkur qaror bilan tasdiqlangan 2017—2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi sohada muhim o‘rin tutadi.

    Dastur:

    • yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va ularni hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksini;
    • chuchuk yer osti suvlarining tasdiqlangan zaxiralarini ko‘paytirishning maqsadli parametrlarini;
    • yer osti suvlari monitoringi bo‘yicha kuzatish punktlari tarmog‘ini kengaytirish parametrlarini;
    • O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi gidrogeologiya korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda hududiy gidrogeologiya stansiyalarining ishlab chiqarish bazalarini qurish va jihozlash chora-tadbirlarini;
    • shaharlar va tumanlar markazlarida drenaj va kuzatuv quduqlarini hamda kollektorlarni qurish va ularni mukammal ta’mirlash parametrlarini o‘z ichiga oladi.
    Dasturni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti, xalqaro moliyaviy institutlar va mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan 396 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

    Shuningdek, O‘zbekistonda chuchuklashtirish qurilmalarini sanoat usulida ishlab chiqarishni tashkil etish va tegishli aholi punktlarini jihozlash uchun 2017-yilning oxirigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Meliorativ gidrogeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

    Ushbu qarorning bajarilishi natijasida qo‘shimcha ravishda 7 ta shahar, 21 ta posyolka va 426 ta qishloq aholi punktlarining suv ta’minotini kafolatlash, yer osti suvlarini kuzatish tarmog‘ini yana 1155 ta quduqqa ko‘paytirish mumkin bo‘ladi.

    Bundan tashqari, mazkur qaror drenaj quduqlar sonini 715 taga, kuzatish drenaj quduqlari sonini 1369 taga, kollektorlar uzunligini 280 kilometrga ko‘paytirish hisobiga 132 ta shaharlar va tumanlar markazlarida yer osti suvlari sathi ko‘tarilishining oldini olish hisobiga O‘zbekistonning ko‘plab shahar va qishloqlarida yashash sharoitlarini yaxshilash imkonini berishi kutilmoqda.

    06.05.2017, 11:59   Izoh (0)   13564
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ijtimoiy fikr”: Davlat organlariga murojaat qilgan fuqarolarning 10 foizi javobdan qoniqmagan

    06.05.2017, 11:41

    Tanzila Norboyeva Buxoroda ayollarning o‘z joniga qasd qilish holatlariga qarshi tizimli kurash olib borish zarurligini uqtirdi

    06.05.2017, 11:29

    Urgutda 16,5 ming dollarni 7900 so‘mdan noqonuniy ayirboshlab berayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    06.05.2017, 11:11

    Shakar Navro‘zova Buxoro viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga aylandi

    06.05.2017, 10:57

    Samarqandda qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan yong‘in bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

    06.05.2017, 10:49

    “Sultan” — uzoq yillik sifat va tezkor xizmat

    06.05.2017, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.