O‘zbekistonning Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida avtomobil yo‘llarini geosintetik material bilan qoplash bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi, deb yozadi “1news.uz”.
Bu haqda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti ilmiy xodimi Rashidbek Xudoyqulov ma’lum qildi.
“Natija ijobiy bo‘lgan taqdirda bu usul boshqa hududlarda ham qo‘llaniladi”, — dedi yosh olim.
U, shuningdek, o‘zining ilmiy faoliyati sho‘ralagan, qumli tuproqlarda avtomobil yo‘llarini yotqizishni takomillashtirish, yo‘llarni yer osti suvlaridan himoya qilish usullarini joriy etishga qaratilganligini aytdi.
Izoh (0)