2-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda 8-may dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bu haqdagi qaror “9 may — Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida” qabul qilingan.
2. Qayta tiklangan maxsus topshiriqli bo‘linma O‘zbekiston IIV tarkibiga o‘tkazildi. Ushbu bo‘linma O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.
3. O‘zbekistonda xorijga chiqish vizasi olish uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi. Bu xizmatda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni keskin ko‘paytiriladi.
4. Video: Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Surxondaryodagi bog‘cha tarbiyachisi va Farg‘onadagi o‘qituvchiga chora ko‘rilgan. Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)