Gruziya birinchi xonimining ukasi Mixail Mgaloblishvili Tbilisi shahar sudi tomonidan noqonuniy qurol saqlagani uchun to‘rt yilga sudlandi. Bu haqda Gruziya matbuotiga tayangan holda “RBK” xabar bermoqda.
IIV xodimlari uni yanvar oyining o‘rtalarida ushlagan bo‘lib, hukm endigina o‘qidi. Sud zalida Gruziya prezidentining rafiqasi, sudlanuvchining opasi Maki Chichua ham bor edi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 11-yanvar kuni Mixail Mgaloblishvilining uyida o‘tkazilgan tintuv davomida 1922-yilgi “Brauning” to‘pponchasi topilgan. Shuningdek, uning uyidan 1934-yilga oid o‘qotar qurol ham topildi.
Izoh (0)