Germaniya janubidagi Valdsxut shahri (Baden-Vyurtemberg federal yeri)da joylashgan bank bo‘limiga noma’lum shaxs qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Focus Online internet-nashriga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida binoda ikki kishi bo‘lgan.
Guvohlar o‘q ovozlari eshitilganini bildirmoqda. Hozirda bank atrofidagi hudud o‘rab olingan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)