O‘z joniga qasd qilishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasi Braziliya Milliy kongressi quyi palatasiga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirildi, deb yozadi “TASS”.
Hujjat muallifi deputat Aureu Lidiu aytishicha, ushbu tashabbus Janubiy Amerika mamlakatida ommalashib borayotgan “Ko‘k kit” o‘yini bilan bog‘liq, u taxminlarga ko‘ra, foydalanuvchilarni o‘z joniga qasd qilishga undaydi.
Ayni paytda Braziliyada o‘z-o‘zini o‘ldirishga undaganlik uchun ikki yildan olti yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi. Deputat Lidiu ushbu qamoq muddatini uchdan bir hissaga ko‘paytirishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)