Eronni 2005—2013-yillarda boshqargan Mahmud Ahmadinajod prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishga qo‘yilmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Oldinroq Ahmadinajod nomzod sifatida qayd etilish uchun hujjatlarni topshirgan, hatto ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabarlar ham tarqalgandi.
Mazkur qadam mamlakatning diniy yetakchisi oyatulloh Ali Homanaiyga qarshi chiqish sifatida baholandi: u sobiq prezident ushbu saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortishi lozimligini bildirgandi.
Qayd etish joizki, mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy nomzodlar qatoriga kirdi.
Prezidentlik saylovi kampaniyasi nomzodlarini ro‘yxatga olish 10-apreldan boshlandi. Saylov 19-may kuniga belgilangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)