AQSh tomonidan Suriyadagi harbiy aerodromga berilgan zarba Vashington urush yo‘lini tanlaganini anglatadi. Bu haqda Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Euronews telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Amerika xalqiga bergan va’dasiga qaramay, janob Tramp urush yo‘lini tanladi. Men bu haqda oldin ham gapirganman va yana takrorlayman: mazkur urush AQSh butun dunyoda yetakchiligini boy berishiga olib keladi. Buning ko‘plab sabablari bor.Ahmadinajodga ko‘ra, Suriyadagi inqiroz jang-jadalsiz uslublar, mamlakat suverenitetining hurmat qilinishi va mamlakat xalqi manfaatlariga tayanishi lozim. Eron, AQSh, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Turkiya esa Suriyada tinchlik hukm surishi yo‘lidagi harakatlarini birlashtirishi talab etiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Mahmud Ahmadinajod, Eronning sobiq prezidenti
Izoh (0)