United Airlines aviakompaniyasi vakillari samolyot bortida sodir bo‘lgan mojarodan so‘ng AQSh kongressi vakillik palatasi qo‘mitasida ko‘rsatma beradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Aviakompaniya matbuot kotibining ma’lum qilishicha, vakillik palatasining transport qo‘mitasi muhokamasi davomida United Airlines mijozlari bilan muomala qilish qoidalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha rejalari bilan bo‘lishadi.
Bundan tashqari, 20-aprel kuni aviakompaniya AQSh senatining savdo bo‘yicha qo‘mitasiga hodisa bilan bog‘liq tushuntirishlarini taqdim etishi kerak.
Avvalroq, Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi o‘z xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchilardan birini reysdan kuch ishlatib tushirib yuborgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)