Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2017-yil uchun O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atining 6 foizlik prognozini saqlab qoldi. Bu haqda aprelda e’lon qilingan “Jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti istiqbollari” hisobotida aytiladi, deb yozadi UzDaily.
XVJ mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2018-yilda ham 6 foizni tashkil etadi.
Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016-yil yakunlariga ko‘ra, 7,8 foizga o‘sgan.
O‘zbekistondagi inflyatsiya darajasi 2016-yilda 8 foizga teng bo‘ldi. XVJ prognozlariga ko‘ra, inflyatsiya darajasi 2017-yilda 8,6 foizni, 2018-yilda 8,8 foizni tashkil qiladi.
Izoh (0)