O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni mamlakatda 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlar orasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini ta’kidladi. Qardosh o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendumda qatnashganlarning 51,20 foizi islohotlarni yoqlab ovoz berdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)