O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Turdiyev Dilmurod Rahmatjonovich Yashnobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda REDNews xabar berdi.
Turdiyev Dilmurod 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Shungacha u O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2011-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Demografiya, ijtimoiy sohani va mintaqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelgan.
Ayni paytda Yashnobod tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Hakimov Farrux Erkinovich qaysi lavozimga o‘tgani noma’lum, deyiladi xabarda.
Izoh (0)