Oxirgi yillarda atrof-muhitni himoya qilish uchun kurashda faol ishtirok etayotgan BMT o‘tgan hafta Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida elektromobillarni quvvatlovchi maxsus stansiyalar o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Endi tashkilot kotibiyati xodimlari va diplomatlar ish kuni davomida o‘z transport vositalarini 100 va undan ortiq kilometr masofani bosib o‘tish uchun yetarli quvvat oldirish imkoniga ega bo‘ldi.
“Elektromobillarni quvvatlovchi ushbu qurilmalarning BMTda o‘rnatilishi to‘g‘ri yo‘nalishdagi kichik bo‘lsa-da, muhim qadamdir. Kun kelib BMTning butun avtoparki ekologik toza bo‘lishiga umid qilaman”, — dedi BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi raisi Piter Tomson.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)