O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari Buxoro viloyati Peshku tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Deputatlar va senatorlar tomonidan 630 dan ortiq xonadonda suhbat o‘tkazilib, 180 ga yaqin masala muhokama qilindi. Parlament a’zolarining joylardagi muloqoti jarayonida haqiqiy holat o‘rganilishdan tashqari ularni joyida hal etish choralari ham ko‘rildi.
“O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish va unga aholini keng jalb etish maqsadida 74 fuqaroga chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish bo‘yicha tijorat banklarining 494 million so‘mlik imtiyozli kreditlari ajratilishiga ko‘maklashildi, — dedi Qonunchilik palatasi deputati O‘tkir Xolov. — Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 30 fuqaroning ishga joylashishi ta’minlandi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflar asosida transport qatnovini yaxshilashga erishildi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)