“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent—Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam reysni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda Asia-Plus.
Samolyot Dushanbe xalqaro aeroportiga 11-aprel kuni mahalliy va Toshkent vaqti bilan 08:05 da qo‘ndi. Samolyot bortida 29 yo‘lovchi bo‘lgan.
Tojikiston poytaxtiga parvozlar haftada ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 4-aprel kuni Toshkentdan Dushanbega uchishi rejalashtirilgan birinchi reysi yo‘lovchilar kamligi sababli bekor qilingan edi.
Izoh (0)