Pokistonlik huquq himoyachisi va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Malala Yusufzay rasman BMT tinchlik elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
13 yoshida jangarilari hujumiga duch kelgan Malala qizlar uchun ta’lim masalalari bilan shug‘ullanadi.
Eng navqiron Nobel mukofoti sohibi (17 yoshida nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan) xalqaro tashkilot tarixida ham eng yosh tinchlik elchisiga aylandi: Malala shu yil iyul oyida 20 yoshga to‘ladi.
Uning mazkur vazifaga kirishish marosimi BMT Vasiylik kengashida bosh kotib Antoniu Guterrish ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Guterrish pokistonlik huquq himoyachisi “adolat, tenglik va barqaror rivojlanish hukm suradigan kelajakning umumiy ko‘rinishi”ni amalga oshirishda xalqaro tashkilotga ko‘mak berishiga umid bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)