Tailand qiroli Rama X 6-aprel, payshanba kuni yangi konstitutsiyani imzolagach, u mamlakat bo‘ylab kuchga kirdi. Bu haqda Tailand televideniyesiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Imzolash Bangkokdagi Ananta Samakxom taxt zalida bo‘lib o‘tdi. Qirollik oila a’zolari, qirolning maxfiy maslahatchilari, bosh vazir Prayut Chan-Ochi va bir qator vazirlar ishtirokida monarx hujjatga imzo qo‘ydi. Shundan so‘ng, Tailanddagi barcha Budda ibodatxonalarida qo‘ng‘iroq jarangladi, monaxlar do‘mbiralarni chalish orqali xushxabarni fuqarolarga yetkazdi.
Bundan tashqari, 6-aprel Tailandda milliy bayram — hukmron Chakri sulolasining kuni hisoblanadi. 235 yil avval taxtga o‘tirgan qirol Rama I ning avlodlari 200 yildan ortiq vaqtdan buyon Janubi-Sharqiy osiyodagi eng yirik davlatlardan birini boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)